Kuzatuvchi.uz / FUQAROLAR O‘Z HUQUQLARINI BUZAYOTGAN MANSABDOR SHAXSLARNING QARORLARI USTIDAN MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILGANDA DAVLAT BOJ TO‘LAMAYDI

FUQAROLAR O‘Z HUQUQLARINI BUZAYOTGAN MANSABDOR SHAXSLARNING QARORLARI USTIDAN MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILGANDA DAVLAT BOJ TO‘LAMAYDI

16.01.2024-yil kungi O‘RQ-897-son Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 

 jismoniy shaxslar o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 08:39
Saytga qaytish