FUQAROLAR O‘Z HUQUQLARINI BUZAYOTGAN MANSABDOR SHAXSLARNING QARORLARI USTIDAN MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILGANDA DAVLAT BOJ TO‘LAMAYDI
16.01.2024-yil kungi O‘RQ-897-son Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra,
➖ jismoniy shaxslar o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ
personmaftuna 24-08-25, 18:36Қонун (ЎРҚ-1041-сон, 28.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. Қонун билан...
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATLARINING
personmaftuna 29-09-25, 23:18O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga...
QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI URUG‘LIKLARINING SIFATINI
personmaftuna 08-08-25, 14:36O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2025-yildagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini...