Hukumatning 09.06.2022-yil kungi 322-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji bor, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Bunda talabgor Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega bo‘lishi kerak.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi talablarga to‘g‘ri kelishi kerak:
➖1) o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
➖2) tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
➖3) o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Qarorda tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1 maydan 1 iyunga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.