MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA XOTIN-QIZLARGA OTM GA O‘QISHGA KIRISH UCHUN TAVSIYANOMA BERILADI. ARIZA TOPSHIRISH SANASI 1 MAYDAN BOSHLANADI
Hukumatning 09.06.2022-yil kungi 322-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji bor, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Bunda talabgor Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega bo‘lishi kerak.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi talablarga to‘g‘ri kelishi kerak:
➖1) o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
➖2) tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
➖3) o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Qarorda tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1 maydan 1 iyunga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ЭР-ХОТИН ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЎЗЛАРИНИНГ ТАЪМИНОТИ УЧУН
personmaftuna 30-09-24, 16:28Оила кодексининг 118-моддасига кўра, қуйидаги ҳолларда собиқ эр-хотиндан бири етарли маблағга эга бўлган иккинчисидан...
VAZIRLIK, QOʻMITA, AGENTLIK VA INSPEKSIYALARNING TAʼRIFI
personmaftuna 27-06-24, 23:53Bugungi kunda Hukumat tarkibidagi davlat organlari asosan, vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiya shaklida tashkil...
JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR
personmaftuna 19-03-25, 06:48Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi: a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin...