Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-933-son Qonun imzolandi.
MJtKda davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bunday huquqbuzarliklarga:
davlat mulkini ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish;
ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish;
ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish kiradi.
Jazo tariqasida mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilangan. Huquqbuzarlik takroran sodir etilganda BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima toʻlanadi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.