DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-933-son Qonun imzolandi.
MJtKda davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bunday huquqbuzarliklarga:
davlat mulkini ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish;
ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish;
ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish kiradi.
Jazo tariqasida mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilangan. Huquqbuzarlik takroran sodir etilganda BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima toʻlanadi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BOLALAR UCHUN KUNDUZGI PARVARISH ХIZMATI QANDAY TASHKIL
personmaftuna 19-05-25, 23:26Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi "Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish х izmatini tashkil...
AKADEMIKLAR ISHTIROKIDA DARS O'TISH AMALIYOTI YO'LGA
personmaftuna 27-05-24, 02:20“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish...
KIMLAR TEMIR YO‘L KASSALARIDA NAVBATSIZ CHIPTA OLISHLARI
personmaftuna 30-09-24, 23:19O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qaroriga ko‘ra, quyidagi shaxslar navbatsiz chipta olishlari...