Kuzatuvchi.uz / XODIMNI BOSHQA ISHGA O‘TKAZISH MUDDATI

XODIMNI BOSHQA ISHGA O‘TKAZISH MUDDATI

Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda u o‘zi bajarish uchun o‘tkazilgan ishga kirishishi kerak bo‘lgan sana belgilanishi kerak. Xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi. Agar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish yuz bergan bo‘lsa, bunday o‘tkazish muddati belgilanishi kerak. Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati quyidagilar vositasida belgilanishi mumkin:

-vaqtincha o‘tkazishning umumiy davomiyligini kunlar, oylar, yillar bilan ko‘rsatish;

-qaysi ishga o‘tkazish amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha ishni bajarish boshlanadigan kalendar sanani va o‘tkazish muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;

-boshqa ishga o‘tish muddati qaysi hodisaning yuz berishi bilan tugaydigan bo‘lsa, o‘sha hodisani aniqlash (vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).

Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan avvalgi ishini berishi shart.

 

D.OTABOYEV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

26-01-2024, 06:19
Saytga qaytish