Kuzatuvchi.uz / TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?

TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasining  Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 70-moddasiga asosan. Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida tuziladi.

G‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlangan bo‘lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda zaxiradagi g‘olib g‘olib tomonidan taklif etilgan narxda (bundan zaxiradagi g‘olib taklif etgan narx g‘olib tomonidan taklif etilgan narxdan past bo‘lgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa yoki zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, davlat buyurtmachisi yangi tender o‘tkazadi.

Tender natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga u tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

28-06-2024, 23:05
Saytga qaytish