Kuzatuvchi.uz / DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TA’MINLASH USULLARI QAYSILAR?

DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TA’MINLASH USULLARI QAYSILAR?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunining 11-moddasiga asosan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari quyidagilardan iborat:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish);

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish;

axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ularga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 

 

Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

 

28-06-2024, 16:44
Saytga qaytish