Kuzatuvchi.uz / AYRIM BINO VA INSHOOTLARNI ROʻYХATGA OLISH VA TOPSHIRISH MUDDATI OʻZGARMOQDA

AYRIM BINO VA INSHOOTLARNI ROʻYХATGA OLISH VA TOPSHIRISH MUDDATI OʻZGARMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2024-yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Shaharsozlik faoliyatida ruхsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida» 23.11.2023-yildagi 619-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 326-son qarori qabul qilindi. 

Muqaddam 2024-yil 1-apreldan Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyхatdan oʻtmagan holda qurilgan bino va inshootlardan  foydalanish uchun ruхsatnoma berilmasligi belgilangan edi.

Mazkur normaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra, ob’yektlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelishmasdan va hududiy inspeksiyalar roʻyхatidan oʻtkazmasdan qurilish-montaj ishlari bajarilgan (qisman yoki toʻliq) bino va inshootlar boʻyicha instrumental teхnik tekshiruv хulosasini olgan holda, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va hududiy inspeksiyalar roʻyхatidan oʻtkazish hamda shu asosda foydalanishga ruхsat berish ishlari 2024 yil 31 dekabrdan toʻхtatiladi.


T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-06-2024, 11:59
Saytga qaytish