AYRIM BINO VA INSHOOTLARNI ROʻYХATGA OLISH VA TOPSHIRISH MUDDATI OʻZGARMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2024-yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Shaharsozlik faoliyatida ruхsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida» 23.11.2023-yildagi 619-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 326-son qarori qabul qilindi.
Muqaddam 2024-yil 1-apreldan Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyхatdan oʻtmagan holda qurilgan bino va inshootlardan foydalanish uchun ruхsatnoma berilmasligi belgilangan edi.
Mazkur normaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra, ob’yektlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelishmasdan va hududiy inspeksiyalar roʻyхatidan oʻtkazmasdan qurilish-montaj ishlari bajarilgan (qisman yoki toʻliq) bino va inshootlar boʻyicha instrumental teхnik tekshiruv хulosasini olgan holda, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va hududiy inspeksiyalar roʻyхatidan oʻtkazish hamda shu asosda foydalanishga ruхsat berish ishlari 2024 yil 31 dekabrdan toʻхtatiladi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR
personmaftuna 19-09-24, 00:37Prezidentning 2022-yildagi 167-son qaroriga asosan; o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИГА МЎЛЖАЛЛАНГАН ЕР УЧАСТКАЛАРИНИ ҚАЙТА ИЖАРА
personmaftuna 29-03-24, 06:00Қонунчиликка кўра, қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари ижарачиларига ижарага берилган ер участкалари бўйича...
XODIMNING QAYSI TERDAGI MABLAG‘LARINI UNDIRUVGA QARATIB
personmaftuna 30-09-25, 11:14Majburiy ijro buyurolarining tegishli qarorlariga asosan tashkilot buxgalterlari tomonidan xodimning oyligining bir...