Kuzatuvchi.uz / PATENTLANGAN OBYEKTLARDAN NOQONUNIY FOYDALANISH QISQARTIRILADI

PATENTLANGAN OBYEKTLARDAN NOQONUNIY FOYDALANISH QISQARTIRILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 05.06.2024-yildagi “Sanoat namunalarini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-929-son Qonun imzolandi.

Gaaga bitimining Jeneva akti oʻz mahsulotlarini, eng avvalo хorijiy bozorlarda targʻib qilishdan manfaatdor boʻlgan sub’yektlarga sanoat namunalarini roʻyхatdan oʻtkazishning milliy tizimlarga nisbatan ancha qulay tartib-taomillaridan foydalanish imkonini beradi.

Xususan, milliy ishlab chiquvchilar bitta arizani Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) berishlari mumkin, u barcha tartib-taomillarni bajarishni va hujjatlarni yuborishni oʻz zimmasiga oladi.

Qonunning qabul qilinishi milliy ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek yangi mahsulot yaratishda ularning javobgarligini oshirish va ishlab chiqarishda patentlangan ob’yektlardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashadi.

Bundan tashqari, ushbu halqaro hujjatga qoʻshilish mamlakatimizning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻladi.


T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

28-06-2024, 08:47
Saytga qaytish