PATENTLANGAN OBYEKTLARDAN NOQONUNIY FOYDALANISH QISQARTIRILADI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 05.06.2024-yildagi “Sanoat namunalarini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-929-son Qonun imzolandi.
Gaaga bitimining Jeneva akti oʻz mahsulotlarini, eng avvalo хorijiy bozorlarda targʻib qilishdan manfaatdor boʻlgan sub’yektlarga sanoat namunalarini roʻyхatdan oʻtkazishning milliy tizimlarga nisbatan ancha qulay tartib-taomillaridan foydalanish imkonini beradi.
Xususan, milliy ishlab chiquvchilar bitta arizani Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) berishlari mumkin, u barcha tartib-taomillarni bajarishni va hujjatlarni yuborishni oʻz zimmasiga oladi.
Qonunning qabul qilinishi milliy ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek yangi mahsulot yaratishda ularning javobgarligini oshirish va ishlab chiqarishda patentlangan ob’yektlardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashadi.
Bundan tashqari, ushbu halqaro hujjatga qoʻshilish mamlakatimizning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻladi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“ЯШИЛ ЭНЕРГИЯ” СЕРТИФИКАТЛАРИ САВДОСИДАН ТУШГАН
personmaftuna 12-03-24, 02:18Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-906-сон, 07.02.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва...
“UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH
personmaftuna 23-06-25, 02:31Prezident tomonidan imzolangan O'RQ-935-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar...
XODIMNING QAYSI TERDAGI MABLAG‘LARINI UNDIRUVGA QARATIB
personmaftuna 30-09-25, 11:14Majburiy ijro buyurolarining tegishli qarorlariga asosan tashkilot buxgalterlari tomonidan xodimning oyligining bir...