Kuzatuvchi.uz / MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI TASHKIL ETISH, QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI TASHKIL ETISH, QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 13.05.2019-yildagi 391-son qaroria muvofiq, Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshirishi hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkinligi belgilangan.

Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-06-2024, 08:35
Saytga qaytish