MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI TASHKIL ETISH, QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 13.05.2019-yildagi 391-son qaroria muvofiq, Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshirishi hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkinligi belgilangan.
Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH
personmaftuna 27-12-24, 17:17Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024-y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning...
MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI
personmaftuna 12-12-24, 03:51Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular 16 yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlar...
TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH
personmaftuna 21-02-24, 03:13Umumiy qoidalarga koʻra, хodimlarga mehnat ta’tillari har yili ( MK 216-m. ) ish yili davomida ( MK 225-m. ) taqdim...