Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA, IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNI TAQDIM ETISH TARTIBLARI TAKOMILLASHTIRILADI

TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA, IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNI TAQDIM ETISH TARTIBLARI TAKOMILLASHTIRILADI

 

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-193-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo'llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi:

1.qo'llab-quvvatlash choralari “B” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

▫️“AAA” toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi;

▫️“AA” toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi;

▫️“A” toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi;

▫️“BBB” toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi;

▫️“BB” toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi;

▫️“B” toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi;

2.qo'llab-quvvatlash choralari ro'yxatdan o'tganiga 6 oy bo'lmagan, shuningdek, Prezident Farmoniga (https://lex.uz/docs/6333225) muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qat'i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi;

3.tadbirkorlarning reyting darajasi:

▪️pasaygan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi;

▪️yuqorilagan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

            2025-yil 1-yanvardan “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo'llab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini o'z ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

25-06-2024, 23:40
Saytga qaytish