Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA, IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNI TAQDIM ETISH TARTIBLARI TAKOMILLASHTIRILADI

TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA, IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNI TAQDIM ETISH TARTIBLARI TAKOMILLASHTIRILADI

 

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-193-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo'llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi:

1.qo'llab-quvvatlash choralari “B” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

▫️“AAA” toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi;

▫️“AA” toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi;

▫️“A” toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi;

▫️“BBB” toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi;

▫️“BB” toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi;

▫️“B” toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi;

2.qo'llab-quvvatlash choralari ro'yxatdan o'tganiga 6 oy bo'lmagan, shuningdek, Prezident Farmoniga (https://lex.uz/docs/6333225) muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qat'i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi;

3.tadbirkorlarning reyting darajasi:

▪️pasaygan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi;

▪️yuqorilagan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

            2025-yil 1-yanvardan “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo'llab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini o'z ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

TEMIR YOʻL TRANSPORTI SOHASIDA QANDAY ХIZMATLAR BEPUL

personmaftuna 20-02-25, 11:16
0 TEMIR YOʻL TRANSPORTI SOHASIDA QANDAY ХIZMATLAR BEPUL KOʻRSATILADI?

Vazirlar Mahkamasining 18.12.2024-yildagi “Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va...

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA MA’MURIY

personmaftuna 27-03-24, 11:44
0 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA MA’MURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDAGI QONUN IMZOLANDI

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar: -Jinoyat kodeksi; -Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilmoqda. Uchuvchisiz...

AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI

personmaftuna 10-12-24, 10:44
0 AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI

5-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar...

menu
menu