Kuzatuvchi.uz / АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB TASHLASH TARTIBI

АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB TASHLASH TARTIBI

Аliment to‘lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bog‘liq. Bunday hollarda chet elga chiqishga qo‘yilgan taqiqni alimentni oldindan to‘lash yoki aliment bo‘yicha garov shartnomasini tuzish orqali olib tashlash mumkin.

Sud yoki MIB tomonidan aliment to‘lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Chet elga chiqishga taqiqni 2 ta usul bilan olib tashlash mumkin:

-alimentni oldindan to’lash;

-aliment bo‘yicha garov shartnomasini tuzish.

 

Аliment oldindan 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga to‘lanishi kerak. Bolalar voyaga etgunigacha bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

Аlimentni to‘lashni garov bilan ta’minlash ham mumkin va bunda garov qiymati BHMning 250 baravari (85 mln so‘m)dan kam bo‘lmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, do‘kon, uy-joy, kvartira) garov bo‘lishi mumkin.

Аlimentni oldindan to‘lash yoki alimentni garov bilan ta’minlash uchun ijro hujjatini bergan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilinadi.

            Bundan tashqari, arizada alimentni oyma-oy to‘lab borish uchun to‘sqinlik qiladigan ob’ektiv holatlar ko‘rsatiladi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish to‘g‘risida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq va h.k.).

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

25-06-2024, 17:42
Saytga qaytish