Kuzatuvchi.uz / UMUMIY MULK BO‘LGAN MEROSNI TAQSIMLASH

UMUMIY MULK BO‘LGAN MEROSNI TAQSIMLASH

Meros masalasida shaxs vafitidan keyin merosxo‘rlar o‘rtasida turli nizolar paydo bo‘ladi. Fuqarolik kodeksining 1114-moddasiga muvofiq, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining o‘limi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va taqsimlash yoxud vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos bo‘ladi. Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga to‘g‘ri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi. Ya’ni birinchi navbatda umumiy mol-mulkni notarius tomonidan bo‘linishi kerak bo‘ladi. Bunda merosni taqsimlash hayot bo‘lgan shaxsning umumiy mol-mulkdagi ulushiga emas, vafot etgan shaxsning ulushiga qaratiladi. Ya’ni masalan, umumiy mol mulk  ikkita 2 xonali uy bo‘lsa, notarius umumiy birgalikdagi mulkni 50/50 foizida bo‘lib beradigan bo‘lsa birinchi ikki  xona uy hayot bo‘lgan umumiy ulishdagi shaxsda qoladi va meros ob’ektiga kiritilmaydi, merosxo‘rlarga esa merosdan ulush vafot etgan shaxsga tegishli ikkinchi 2 xonali uydan taqsimlanadi.

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

25-06-2024, 17:38
Saytga qaytish