UMUMIY MULK BO‘LGAN MEROSNI TAQSIMLASH
Meros masalasida shaxs vafitidan keyin merosxo‘rlar o‘rtasida turli nizolar paydo bo‘ladi. Fuqarolik kodeksining 1114-moddasiga muvofiq, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining o‘limi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va taqsimlash yoxud vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos bo‘ladi. Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga to‘g‘ri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi. Ya’ni birinchi navbatda umumiy mol-mulkni notarius tomonidan bo‘linishi kerak bo‘ladi. Bunda merosni taqsimlash hayot bo‘lgan shaxsning umumiy mol-mulkdagi ulushiga emas, vafot etgan shaxsning ulushiga qaratiladi. Ya’ni masalan, umumiy mol mulk ikkita 2 xonali uy bo‘lsa, notarius umumiy birgalikdagi mulkni 50/50 foizida bo‘lib beradigan bo‘lsa birinchi ikki xona uy hayot bo‘lgan umumiy ulishdagi shaxsda qoladi va meros ob’ektiga kiritilmaydi, merosxo‘rlarga esa merosdan ulush vafot etgan shaxsga tegishli ikkinchi 2 xonali uydan taqsimlanadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
1. ISHGA QABUL QILISHNI QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETISHGA
personmaftuna 19-05-24, 21:20Mehnat kodeksiga ko'ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi: mehnat va...
АЛОҲИДА ДОРИ ВОСИТАЛАРИНИ КЛИНИК ТАДҚИҚОТЛАРСИЗ ДАВЛАТ
personmaftuna 30-01-25, 11:38“Алоҳида дори воситаларини клиник тадқиқотларсиз давлат рўйхатидан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом Адлия вазирлигида...
TALABALAR UCHUN HAQ TO‘LANADIGAN AMALIYOT O‘TASH TARTIBI
personmaftuna 19-01-24, 17:33Hukumat qarori (11-son, 08.01.2024-y.) bilan Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari...