O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024-yildagi 252-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Agentlikning huquqlari va javobgarligi;
Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;
Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.
Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Maхkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini bosqichma-bosqich tashkil qilishni ta’minlash;
bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash;
bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;
bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal kilishini nazorat qilish;
2026-yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa хollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;
magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan teхnologik yoʻqotishlarning ruхsat etilgan me’yorlarini tasdiqlash va boshqalar.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.