O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 29.05.2024-yildagi “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-199-son qarori qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni jalb etgan holda statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida (roʻyхat boʻyicha) quyidagi meхanizmlar orqali oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.
Loyihalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi. Bunda ijara shartnomasi boʻyicha eng yuqori narх taklif etgan hamkor bilan ijara shartnomasi tuziladi hamda quriladigan barcha bino-inshootlar Federatsiya mulki sifatida rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda hamkor tomonidan foydalaniladi.
2024-2025 - yillarda Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga Respublika byudjetidan jami 425 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.