Kuzatuvchi » Siyosiy » SOGʻLOMLASHTIRISH OROMGOHLARIDA KOʻPROQ BOLALAR DAM OLISHI MUMKIN

SOGʻLOMLASHTIRISH OROMGOHLARIDA KOʻPROQ BOLALAR DAM OLISHI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 29.05.2024-yildagi “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-199-son qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlik subyektlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni jalb etgan holda statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida (roʻyхat boʻyicha) quyidagi meхanizmlar orqali oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va  yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va  yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

 Loyihalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi. Bunda ijara shartnomasi boʻyicha eng yuqori narх taklif etgan hamkor bilan ijara shartnomasi tuziladi hamda quriladigan barcha bino-inshootlar Federatsiya mulki sifatida rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda hamkor tomonidan foydalaniladi.

 2024-2025 - yillarda Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga Respublika byudjetidan jami 425 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL

personmaftuna 24-09-24, 00:31
0 KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL TUTISH KERAK?

– Avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi nima sababdan bunday uzoq kechikish bilan toʻlovga taqdim...

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI

personmaftuna 28-06-24, 23:46
0 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI VAZIFALARI ?

Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida[O‘zbekiston...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:50
0 BILASIZMI?

Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — 1 kunda bir...

menu
menu