Kuzatuvchi.uz / BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.  

O‘zbekiston Respublikasining  «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” 07.01.2008 yildagi O‘RQ-139-sonli Qonunining 20-moddasida    ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yilishi va bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

Davlat o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko‘rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta’minlanishini kafolatlaydi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

14-06-2024, 16:22
Saytga qaytish