Kuzatuvchi.uz / NOTARIAL HARAKATLAR AMALGA OSHIRILGANDA DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD ETISH

NOTARIAL HARAKATLAR AMALGA OSHIRILGANDA DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD ETISH

O‘zbekiston Respublikasining 06.01.2020-yildagi O‘RQ-600-sonli “DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA”gi Qonunining 11-moddasiga asosan, Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan quyidagi shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiyli qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun, mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to‘g‘risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo‘yicha, pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun, onalar — ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun, maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun  ozod etilishi belgilab qo‘yilgan.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

14-06-2024, 02:31
Saytga qaytish