Kuzatuvchi » Siyosiy » NOTARIAL HARAKATLAR AMALGA OSHIRILGANDA DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD ETISH

NOTARIAL HARAKATLAR AMALGA OSHIRILGANDA DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD ETISH

O‘zbekiston Respublikasining 06.01.2020-yildagi O‘RQ-600-sonli “DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA”gi Qonunining 11-moddasiga asosan, Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan quyidagi shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiyli qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun, mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to‘g‘risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo‘yicha, pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun, onalar — ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun, maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun  ozod etilishi belgilab qo‘yilgan.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM

personmaftuna 11-12-24, 11:07
0 PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI QANDAY?

“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi...

ОРОЛБЎЙИ МИНТАҚАСИДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 30-01-25, 02:46
0 ОРОЛБЎЙИ МИНТАҚАСИДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ОШИРИЛАДИ

“ KfW ” банки (Германия Федератив Республикаси) иштирокидаги “Оролбўйи минтақасида тиббий хизмат сифатини ошириш”...

TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA

personmaftuna 02-06-24, 03:50
0 TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA MAHSULOTLARI UCHUN EKSPORT NARХLARI NAZORAT QILINADI

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2024 - yildagi “Respublikada toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrote х nika...

menu
menu