Kuzatuvchi.uz / AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI KESKIN PASAYMOQDA

AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI KESKIN PASAYMOQDA

Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (03.05.2024 yil, AVdagi roʻyхat raqami 2303-6).

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkasi BHMning 10% miqdorida belgilanmoqda.

Ilgari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari, boshqa avtotransportlar uchun esa – BHMning 6,84 baravari miqdorida toʻlov amalga oshirilgan. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

3-06-2024, 02:26
Saytga qaytish