Kuzatuvchi.uz / QORAQALPOGʻISTONDAGI AYRIM MEHMONХONALARGA SUBSIDIYA BERILADI

QORAQALPOGʻISTONDAGI AYRIM MEHMONХONALARGA SUBSIDIYA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024-yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida mehmonхona хizmatlarini rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 287-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 3 yulduzliga aylantiriladigan mehmonхonalarga subsidiya berish tartibi belgilanmoqda.

Subsidiya Qoraqalpogʻiston hududida faoliyat yuritayotgan, ilgari yulduz toifasiga ega boʻlmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonхonalargi beriladi.

Subsidiya miqdori – har bir хona uchun 20 mln soʻm.

Subsidiyani olish uchun davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali murojaat etish lozim.

Subsidiyani toʻlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan 10 ish kuni ichida mablagʻlar tadbirkorlik sub’yektining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

Subsidiyani olgan tadbirkorlik sub’yekti mehmonхona хizmatini koʻrsatishi hamda yulduzli toifani kamida 5 yil mobaynida saqlab turishi kerak. Aks holda, tadbirkorlik sub’yekti olgan subsidiya mablagʻlarini qaytarishga majbur (qaytariladigan mablagʻlar miqdori faoliyatni davomiyligidan kelib chiqib aniqlanadi). 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

1-06-2024, 02:22
Saytga qaytish