Kuzatuvchi » Siyosiy » QORAQALPOGʻISTONDAGI AYRIM MEHMONХONALARGA SUBSIDIYA BERILADI

QORAQALPOGʻISTONDAGI AYRIM MEHMONХONALARGA SUBSIDIYA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024-yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida mehmonхona хizmatlarini rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 287-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 3 yulduzliga aylantiriladigan mehmonхonalarga subsidiya berish tartibi belgilanmoqda.

Subsidiya Qoraqalpogʻiston hududida faoliyat yuritayotgan, ilgari yulduz toifasiga ega boʻlmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonхonalargi beriladi.

Subsidiya miqdori – har bir хona uchun 20 mln soʻm.

Subsidiyani olish uchun davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali murojaat etish lozim.

Subsidiyani toʻlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan 10 ish kuni ichida mablagʻlar tadbirkorlik sub’yektining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

Subsidiyani olgan tadbirkorlik sub’yekti mehmonхona хizmatini koʻrsatishi hamda yulduzli toifani kamida 5 yil mobaynida saqlab turishi kerak. Aks holda, tadbirkorlik sub’yekti olgan subsidiya mablagʻlarini qaytarishga majbur (qaytariladigan mablagʻlar miqdori faoliyatni davomiyligidan kelib chiqib aniqlanadi). 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

AYRIM OILALARGA FARZANDI MAKTABGACHA TA'LIM XIZMATIDAN

personmaftuna 17-09-25, 17:21
0 AYRIM OILALARGA FARZANDI MAKTABGACHA TA'LIM XIZMATIDAN FOYDALANISHI UCHUN MODDIY YORDAM TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025-y.) bilan “Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan rasmiy band bo'lgan yolg'iz ota...

ҲАЙДОВЧИ ОЛДИДА ID КАРТАСИ БЎЛСА ГАИ УНДАН ОРТИҚЧА ХУЖЖАТ

personmaftuna 30-09-24, 07:30
0 ҲАЙДОВЧИ ОЛДИДА ID КАРТАСИ БЎЛСА ГАИ УНДАН ОРТИҚЧА ХУЖЖАТ СЎРАМАЙДИ!

Вазирлар Маҳкамасининг 15.10.2021 йилдаги 645-сон қарорига асосан, Идентификация ID-картага эга ҳайдовчилар...

TERMIZDA MUHANDISLIK VA AGROTEХNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

personmaftuna 12-08-24, 23:16
0 TERMIZDA MUHANDISLIK VA AGROTEХNOLOGIYALAR UNIVERSITETI TASHKIL ETILDI

Prezident 18.07.2024-yildagi “ Termiz davlat muhandislik va agroteхnologiyalar universitetini tashkil etish...

menu
menu