Kuzatuvchi.uz / II CHORAKDA 8,12 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDA ХORIJIY INVESTITSIYALARNI OʻZLASHTIRISH REJALASHTIRILMOQDA

II CHORAKDA 8,12 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDA ХORIJIY INVESTITSIYALARNI OʻZLASHTIRISH REJALASHTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil II choragiga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 286-son qarori qabul qilindi.

Tarmoqlar va hududlar tomonidan хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq 2024-yil II choragida 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalar, shu jumladan 7,27 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va kreditlar, 853,8 mln AQSh dollari miqdorida – davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar oʻzlashtiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

1-06-2024, 02:21
Saytga qaytish