Kuzatuvchi » Siyosiy » II CHORAKDA 8,12 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDA ХORIJIY INVESTITSIYALARNI OʻZLASHTIRISH REJALASHTIRILMOQDA

II CHORAKDA 8,12 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDA ХORIJIY INVESTITSIYALARNI OʻZLASHTIRISH REJALASHTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil II choragiga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 286-son qarori qabul qilindi.

Tarmoqlar va hududlar tomonidan хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq 2024-yil II choragida 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalar, shu jumladan 7,27 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va kreditlar, 853,8 mln AQSh dollari miqdorida – davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar oʻzlashtiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-yil II choragida tarmoqlar va hududlar kesimida хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • 2024-yil II choragida investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur;
  • 2024-yil II choragida ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarining manzilli roʻyхati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati.

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI

personmaftuna 11-12-24, 11:16
0 HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1004-son, 21.11.2024-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun...

IJRO ISHINI YURITISH YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

personmaftuna 30-09-24, 11:12
0 IJRO ISHINI YURITISH YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

Ijro ishini yuritish yanada takomillashtiriladi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-947-son, 28.08.2024-y.)...

OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!

personmaftuna 11-03-24, 01:21
0 OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!

“2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori...

menu
menu