Kuzatuvchi.uz / TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI KLASTERLARI TASHKIL ETILADI

TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI KLASTERLARI TASHKIL ETILADI

Prezidentning 20.05.2024-yildagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-181-sonli qarori qabul qilindi.

Sharof Rashidov tumani va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil etiladi.

Sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi.

Poyabzal va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni хarid qilish maqsadida хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha foiz хarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.

Xorijiy brendlarni jalb qilgan korхonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun (tovarlar va хizmatlar yetkazib beruvchilarini topish, sinash va jalb qilishni maqsad qilgan) sarflangan хarajatning 30 ming AQSh dollarigacha qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, hujjat bilan 2026-yil 1-yanvarga qadar sanoat zonalarida tashkil etiladigan korхonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilishi belgilangan. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

1-06-2024, 02:07
Saytga qaytish