Kuzatuvchi.uz / BOLALAR GEMATOLOGIYASI VA ONKOLOGIYASINI DAVOLASHDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

BOLALAR GEMATOLOGIYASI VA ONKOLOGIYASINI DAVOLASHDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

 

Prezidentning 21.05.2024-yildagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 183-sonli qarori qabul qilindi.

Quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari:

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) etib qayta nomlandi. U respublikada bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi хizmatiga boshchilik qiladigan davlat klinik va ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hisoblanadi.

Markazning yuqori boshqaruv organi Kuzatuv kengashi hisoblanadi. Markaz direktori Kuzatuv kengashining taqdimiga binoan sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Markaz huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Onkologik va gematologik kasalliklariga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish Jamgʻarmasi tashkil etildi.

2024-yil 1-iyuldan boshlab onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

2024-yil 1-iyundan Markaz oʻrin-joy fondi 250 tagacha kengaytiriladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 


1-06-2024, 02:06
Saytga qaytish