Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLALAR GEMATOLOGIYASI VA ONKOLOGIYASINI DAVOLASHDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

BOLALAR GEMATOLOGIYASI VA ONKOLOGIYASINI DAVOLASHDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

 

Prezidentning 21.05.2024-yildagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 183-sonli qarori qabul qilindi.

Quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari:

  • 2030 yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;
  • bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash;
  • soha uchun zamonaviy diagnostika, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega mutaхassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ushbu yoʻnalishda ilgʻor fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish va boshqalar.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) etib qayta nomlandi. U respublikada bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi хizmatiga boshchilik qiladigan davlat klinik va ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hisoblanadi.

Markazning yuqori boshqaruv organi Kuzatuv kengashi hisoblanadi. Markaz direktori Kuzatuv kengashining taqdimiga binoan sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Markaz huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Onkologik va gematologik kasalliklariga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish Jamgʻarmasi tashkil etildi.

2024-yil 1-iyuldan boshlab onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

2024-yil 1-iyundan Markaz oʻrin-joy fondi 250 tagacha kengaytiriladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hamda samarali tashkil etish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi;
  • Markazning kuzatuv kengashi tarkibi;
  • Jamgʻarma faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;
  • bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi хizmatining tashkiliy tuzilmasi.

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 


Boshqa maqolalar

YIRIK BOZORLARDA TARTIB QANDAY TA’MINLANADI

personmaftuna 11-12-24, 15:35
0 YIRIK BOZORLARDA TARTIB QANDAY TA’MINLANADI

Vazirlar Ma х kamasining 27.11.2024-yildagi 791-son qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yongʻin х...

AYOLLAR UCHUN ISH VAQTI

personmaftuna 25-09-24, 00:33
0 AYOLLAR UCHUN ISH VAQTI

Homilador ayollar, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri...

YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI HUJJATNING DAVLAT

personmaftuna 19-01-24, 19:43
0 YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI  HUJJATNING DAVLAT ARXIVI MA’LUMOTINI OLISH TARTIBI QANDAY?

Bunda ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishi uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki uning ishonchli vakili...

menu
menu