Kuzatuvchi.uz / . TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O‘YINLARNI TASHKIL ETISH VA BUKMEKERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHGA RUXSAT ETILADI

. TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O‘YINLARNI TASHKIL ETISH VA BUKMEKERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHGA RUXSAT ETILADI

Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-68-son, 19.04.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:

Litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmog‘idagi o‘yinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin.

2025-yil 1-yanvardan 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi:

Lotereya va internet tarmog‘ida o‘yinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini monitoring va nazorat qilish funksiyalari Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

23-05-2024, 19:37
Saytga qaytish