Kuzatuvchi.uz / IJODIY TA`TILLAR BERISH TARTIBI

IJODIY TA`TILLAR BERISH TARTIBI

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:

Mualliflar jamoalari tomonidan darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini yozish chog‘ida mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga mualliflar guruhining barcha a’zolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ijodiy ta’til beriladi. Mualliflar ta’tilni o‘zaro taqsimlashga ham haqli.

Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.

Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

 

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

19-05-2024, 22:05
Saytga qaytish