Kuzatuvchi » Siyosiy » IJODIY TA`TILLAR BERISH TARTIBI

IJODIY TA`TILLAR BERISH TARTIBI

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:

  • falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha;
  • fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.

Mualliflar jamoalari tomonidan darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini yozish chog‘ida mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga mualliflar guruhining barcha a’zolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ijodiy ta’til beriladi. Mualliflar ta’tilni o‘zaro taqsimlashga ham haqli.

Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.

Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

 

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

OʻZAGROINSPEKSIYANING VAZIFALARI KENGAYTIRILDI

personmaftuna 28-10-24, 15:51
0 OʻZAGROINSPEKSIYANING VAZIFALARI KENGAYTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 22.10.2024-yildagi PF-164-sonli Farmoni bilan agrosanoat majmuida davlat...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI

personmaftuna 27-01-24, 17:36
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI TA’MINLAYDIGAN KONSTITUTSIYA

Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand...

UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT

personmaftuna 28-09-24, 00:44
0 UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT

Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni, chaqiruv yoki kontrakt...

menu
menu