Kuzatuvchi.uz / ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI ULARNING BIRGALIKDAGI UMUMIY MULKI HISOBLANADIMI?

ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI ULARNING BIRGALIKDAGI UMUMIY MULKI HISOBLANADIMI?

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi.
 
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3113)

Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

-nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

-meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan;

-nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa;

-er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

24-01-2024, 03:02
Saytga qaytish