Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Mis xomashyosini chuqur qayta ishlash yanada jadallashtiriladi.

“Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-77-son, 19.02.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga kо‘ra, birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun tо‘lovlarning 25 foizini bо‘nak tarzida, qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan sо‘ng 90 kun ichida tо‘lashga ruxsat beriladi.

Bunda mis xomashyosi uchun tо‘lovlarni bо‘lib-bо‘lib tо‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun tо‘lanishi lozim bо‘lgan tо‘lovlar summasi quyidagicha belgilanadi:

30 kun ichida amalga oshirilgan tо‘lovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;

31 kundan 60 kun ichida amalga oshirilgan tо‘lovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida foiz hisoblanadi;

61 kundan 90 kun ichida amalga oshirilgan tо‘lovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi.

 Qaror 2024-yil 1-apreldan kuchga kiradi hamda uning talablari 2024-yil 1-aprelga qadar tuzilgan shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

19-05-2024, 19:23
Saytga qaytish