Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

Mis xomashyosini chuqur qayta ishlash yanada jadallashtiriladi.

“Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-77-son, 19.02.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga kо‘ra, birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun tо‘lovlarning 25 foizini bо‘nak tarzida, qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan sо‘ng 90 kun ichida tо‘lashga ruxsat beriladi.

Bunda mis xomashyosi uchun tо‘lovlarni bо‘lib-bо‘lib tо‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun tо‘lanishi lozim bо‘lgan tо‘lovlar summasi quyidagicha belgilanadi:

30 kun ichida amalga oshirilgan tо‘lovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;

31 kundan 60 kun ichida amalga oshirilgan tо‘lovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida foiz hisoblanadi;

61 kundan 90 kun ichida amalga oshirilgan tо‘lovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi.

 Qaror 2024-yil 1-apreldan kuchga kiradi hamda uning talablari 2024-yil 1-aprelga qadar tuzilgan shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV O‘TKAZISHNING ASOSIY

personmaftuna 26-09-24, 01:59
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SAYLOV O‘TKAZISHNING ASOSIY PRINSIPLARI

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri...

RESPUBLIKADA BO‘LISHI NOMAQBUL DEB TOPILGAN SHAXSLARNING

personmaftuna 11-12-24, 10:58
0 RESPUBLIKADA BO‘LISHI NOMAQBUL DEB TOPILGAN SHAXSLARNING RO‘YXATI SHAKLLANTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-998-son, 15.11.2024-y.) bilan "O‘zbekiston Respublikasida chet el...

ENDILIKDA PЕDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI

personmaftuna 30-09-24, 12:23
0 ENDILIKDA PЕDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

✅ Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini...

menu
menu