Kuzatuvchi.uz / 2024-YIL 1-YANVARDAN GAROV BILAN TA'MINLANGAN TALABLARNI QANOATLANTIRISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

2024-YIL 1-YANVARDAN GAROV BILAN TA'MINLANGAN TALABLARNI QANOATLANTIRISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

Markaziy bankning garov bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi: 

 

-to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarini garovga qo'yilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik berish;

 

-garovga qo'yilgan mol-mulkni takroriy auksionda sotish mumkin bo'lgan eng past narxni auksion obyekti boshlang'ich narxining 80 foizi miqdorida belgilash;

 

Bunda, mol-mulk takroriy auksionda realizasiya qilinmasa, undiruvchiga ushbu mol-mulkni auksion boshlang'ich narxidan 25 foiz past qiymatda o'zida qoldirish taklif qilinadi.

 

-undiruv qaratilgan garovga qo'yilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qo'yuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yo'l qo'yilmasligi;

 

-qarzdorning ixtiyoriy ravishda tugatilishi jarayoni boshlanishi munosabati bilan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini tamomlash hamda mol-mulkni tasarruf qilishga doir cheklovlarni olib tashlash amaliyotini bekor qilish.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

24-01-2024, 02:59
Saytga qaytish