2024-YIL 1-YANVARDAN GAROV BILAN TA'MINLANGAN TALABLARNI QANOATLANTIRISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
Markaziy bankning garov bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:
-to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarini garovga qo'yilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik berish;
-garovga qo'yilgan mol-mulkni takroriy auksionda sotish mumkin bo'lgan eng past narxni auksion obyekti boshlang'ich narxining 80 foizi miqdorida belgilash;
Bunda, mol-mulk takroriy auksionda realizasiya qilinmasa, undiruvchiga ushbu mol-mulkni auksion boshlang'ich narxidan 25 foiz past qiymatda o'zida qoldirish taklif qilinadi.
-undiruv qaratilgan garovga qo'yilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qo'yuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yo'l qo'yilmasligi;
-qarzdorning ixtiyoriy ravishda tugatilishi jarayoni boshlanishi munosabati bilan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini tamomlash hamda mol-mulkni tasarruf qilishga doir cheklovlarni olib tashlash amaliyotini bekor qilish.
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
МАКТАБЛАРДА ЎҚИТУВЧИЛАР ЎРТАСИДА НАВБАТЧИЛИК
personmaftuna 27-03-24, 01:01Ўқитувчиларга навбатчилик қилиш мажбуриятини юклашнинг ўзи нотўғри. Чунки Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг...
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2024-YIL 6 –MAYDAGI 263-SON QARORI
personmaftuna 30-09-24, 02:25Siyosiy 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan,...
“XOTIN-QIZLAR.UZ” PLATFORMASI DOIRASIDA MUAMMOLARNI
personmaftuna 26-12-24, 14:48“Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda...