“Suv xo'jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-74-son, 07.05.2024 y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko'ra, Suv xo'jaligi vazirligi barcha manbalar bo'yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.
🏢Quyidagilar Suv xo'jaligi vazirligining asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:
🔹yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish;
🔹transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda tabiiy ko'llar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratish orqali mamlakat suv xavfsizligini ta'minlash;
🔹raqamli texnologiyalarni keng qo'llagan holda suv resurslarini boshqarish va suv hisobini yuritishning shaffof tizimini yo'lga qo'yish;
🔹sohaga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni keng joriy etish;
🔹suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.