Kuzatuvchi » Siyosiy » SUV XO'JALIGIDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI JORIY QILINADI

SUV XO'JALIGIDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI JORIY QILINADI

      “Suv xo'jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-74-son, 07.05.2024 y.) qabul qilindi.

 

🔰Farmonga ko'ra, Suv xo'jaligi vazirligi barcha manbalar bo'yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

 

🏢Quyidagilar Suv xo'jaligi vazirligining asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

 

🔹yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish;

 

🔹transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda tabiiy ko'llar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratish orqali mamlakat suv xavfsizligini ta'minlash;

 

🔹raqamli texnologiyalarni keng qo'llagan holda suv resurslarini boshqarish va suv hisobini yuritishning shaffof tizimini yo'lga qo'yish;

 

🔹sohaga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni keng joriy etish; 

 

🔹suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

 

 

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

YER MAYDONLARINI IJARAGA OLGAN YOSHLAR O'ZLARI TURGAN

personmaftuna 26-06-24, 00:49
0 YER MAYDONLARINI IJARAGA OLGAN YOSHLAR O'ZLARI TURGAN DAFTARLARDAN CHIQARILMAYDI

Talabgorlarga 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv – bir mahsulot” tamoyili asosida quyidagilar ijaraga...

MEHNAT HAQIDAGI BOSHQA HUQUQIY HUJJATLAR

personmaftuna 28-06-24, 17:09
0 MEHNAT HAQIDAGI BOSHQA HUQUQIY HUJJATLAR

O’zbekiston Respublikasning Mehnat kodeksining 12-moddasiga asosan. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar...

БОЛАЛАРГА НИСБАТАН ЗЎРАВОНЛИК ҲОЛАТЛАРИНИ АНИҚЛАШ ВА УЛАРНИ

personmaftuna 26-09-25, 17:29
0 БОЛАЛАРГА НИСБАТАН ЗЎРАВОНЛИК ҲОЛАТЛАРИНИ АНИҚЛАШ ВА УЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (440-сон, 14.07.2025 й.) билан “Болаларга нисбатан зўравонлик ҳолатларини аниқлаш, зўравонлик хавфи...

menu
menu