Kuzatuvchi.uz / TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH TAKOMILLASHTIRILADI

TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH TAKOMILLASHTIRILADI

“Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-175-son, 10.05.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi joriy etiladi.

 

2024-yil 1-iyundan:

 

-tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi;

 

-xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi;

 

-tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

 

-xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi;

 

-profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;

 

-tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi;

 

-rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

 

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

19-05-2024, 03:17
Saytga qaytish