TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH TAKOMILLASHTIRILADI
“Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-175-son, 10.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi joriy etiladi.
2024-yil 1-iyundan:
-tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi;
-xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi;
-tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
-xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi;
-profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
-tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi;
-rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 26-01-24, 02:54Bo‘sh ish o‘rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim...
INTIZOMIY JAZONI QO‘LLASH MUDDATLARI
personmaftuna 28-03-24, 03:29Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay...
BILASIZMI?
personmaftuna 18-09-24, 19:20Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi nosozliklar paydo bo‘lganda, shuningdek haydovchi o‘zini yomon his...