Kuzatuvchi.uz / KREDIT TARIXI NIMA?

KREDIT TARIXI NIMA?

Kredit tarixi – bu sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumot, ya’ni bu qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizom aksidir.

O‘zbekiston Respublikasining “Kredit ma’lumotlari almashinuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning so‘nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, quyidagilarni aks ettiradi:

 

qarzdor to‘g‘risida;

joriy va yopilgan kreditlar, tovar kreditlari qiymati, rasmiylashtirilgan sanasi, muddati va qoldig‘i to‘g‘risida;

muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘g‘risida;

joriy va yopilgan kreditga qo‘yilgan garov mulki va mulk egasi to‘g‘risida;

sud jarayonidagi kreditlar to‘g‘risida;

kredit tarixi shakllangan sana va uni tayyorlagan tashkilot to‘g‘risida.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

17-05-2024, 01:41
Saytga qaytish