Kuzatuvchi.uz / AHOLI PUNKTLARINING TURLARI

AHOLI PUNKTLARINING TURLARI

          Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi. 

O‘zbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros ob’ektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va axborot obyektlari (konstruktsiyalari) shaharsozlik faoliyati obyektlaridir. Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy bo‘lmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmog‘ining xizmat maqsadidagi obyektlari bo‘lgan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, izlanuvchilarning shaharchalari hamda uylari), shuningdek yakka uylar (temir yo‘l nazoratchilarining, o‘rmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) ushbu binolar va inshootlar ma’muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda shaharsozlik faoliyatining qaysi tegishli subyektlari bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘sha subyektlar tasarrufida bo‘ladi.

Aholi punktining turiga qarab shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi.

Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini o‘zgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

15-05-2024, 19:44
Saytga qaytish