Kuzatuvchi.uz / AHOLINI RO‘YXATGA OLISH

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH

O‘zbekiston Respublikasining  16.03.2020-yildagi Aholini ro‘yxatga olish  to‘g‘risidagi O‘RQ-611-son Qonunida Aholini ro‘yxatga olish   sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir deb belgilangan. Maxsus vakolatli davlat organi: ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, Aholini ro‘yxatga olish dasturini va ro‘yxatga olish varag‘ining shakllarini ishlab chiqadi, ro‘yxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi, ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi, ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi yo‘q qilinishi tartibini belgilaydi, ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini saqlash va yo‘q qilishni ta’minlaydi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

15-05-2024, 19:42
Saytga qaytish