Kuzatuvchi.uz / BEVOSITA SUDDA KO‘RIB CHIQILISHI LOZIM BO‘LGAN YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARI

BEVOSITA SUDDA KO‘RIB CHIQILISHI LOZIM BO‘LGAN YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARI

Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud xarajatlaridan ozod qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo‘yicha quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rib chiqilishi belgilangan:

1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tuzilmagan bo‘lsa,

2) mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini va asoslari ta’rifini o‘zgartirish haqidagi, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi,

3) xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligi tufayli yetkazilgan ziyonning o‘rnini yoxud xodimning mol-mulkiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash haqidagi,

4) ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi,

5) ishga qabul qilish rad etilganligi haqidagi,

6) ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda oldindan hal etilgan masalalar yuzasidan,

7) xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan,

8) o‘zini mehnat qilish va mashg‘ulotlar sohasida kamsitilishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning,

9) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi.

Xodimning arizasini ko‘rib chiqishni yakka tartibdagi nizo mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqilmaganligiga asoslangan holda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

15-05-2024, 19:41
Saytga qaytish